:
:


a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z    0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 
                                

Vamberi olimmi, josus?

28 2009 | : Admin | : » | : 0

http//photoload.ru/data/59/18/65/59186584039c182c1c4244e7305050.jpg


Vamberi olimmi, josus?

RASHID AFANDI

Vengriyalik Armin Vamberining darvish qiyofasida Rashid afandi, Rashid hoji nomlari bilan bizniig yurtimiz boylab qilgan safariga 125 yil toldi.

Butun maqola
Mana, otgan 125 yildan beri mojaristonlik bu sayyohning nomi jahon xalqlari entsiklopediya, qomuslaridan tushmaydi, uning yozib qoldirgan kitoblari hanuz yevropaliklar tomonidan qiziqib oqiladi, organiladi. Uning ozi haqida onlab kitoblar yozilgan, filmlar qoyilgan. Buning boisi nimada? Armin Vamberi kim bolgan?

Armin Vamberi 1832 yilning 19 mart kuni Dunaya orollaridan biriga joylashgan kichik venger shahri Duna Sherdaxelida yahudiy oilasida tugilgan. 12 yoshgacha qishloq maktabida oqiydi, song Avliyo Georgiy gimnaziyasiga kiradi. 16 yoshida u mojor, lotin tillaridan tashqari, frantsuz, nemis, ingliz hamda skandinaviya tillarini yaxshi bilgan, rus va boshqa slavyan tillaridan xabari bolgan. Ota-onasi erta vafot etganligi sababli, u yoshligidan mehnatdan qochmadi.

Til organishga qiziqish Vamberida erta boshlangan, G'arb va Sharq tillarini organish uning uchun bir orzu bolgan. Vamberining ikkinchi yana bir orzusi bor edi - u venger tilining kelib chiqishiki, uning Sharq tillari bilan aloqasini aniqlamoqchi edi.

O'sha vaqtlari va undan keyin ham, bir qancha olimlar venger (mojor) urugi O'rta Osiyodan yoki Boshqird tekisligidan kochib kelgan degan taxminni olga surishgan. A. Vamberi yoshligidan bu jumboqqa javob axtarib, O'rta Osiyoni korib qaytganidan song, unga javob topgandek boladi. U yozadi: Biz Osiyoda turgun bolib qolib ketgan uruglarimizni qidiryapmiz, degan fikr xatodir... Biz oz tilimizning etimologik tuzilishini aniqlashga harakat qilamiz, aniq ma'lumot olish uchun qardosh shevalarga murojaat etamiz (O'rta Osiyo boylab sayohat, SPb., 1865, 1-bet).

Ma'lumki, venger tili oltoy tillari oilasiga kiradi. A. Vamberining orzui venger tilini oltoy tillari oilasining fin-ugor guruhlarigami yoki turkiy tillar guruhiga kirishini aniqlash edi. Shu maqsadda, ma'lumotli bolganidan song, u 1852 yili Osiyo mamlakatlaridan eng yaqini Turkiyaga yol oladi. U osha yillari Konstantinopol deb nomlangan Istanbulga kochib otib, oziga toq turk oilalarida garb tillari, asosan frantsuz tilidan dars bera boshlaydi. Avval Posha Husayn Doim xonadonida, songra dosti va maslahatchisi Mulla Ahmad afandi ta'sirida deyarli usmonli turk qiyofasiga kiradi hamda Fuod posha idorasiga ishga otadi. Bir necha yil turk xonadonlarida bolishim, islom maktablariga va kitob dokonlariga qatnab yurishim, deb eslaydi A. Vamberi, meni tezda turkka, hatto afandiga aylantirib qoydi. Istanbulda A. Vamberi turk tili, eski ozbek tilidan tashqari, arab, fors tillarini qunt bilan organadi, islom dini qonun-qoidalari bilan mukammal tanishadi va natijada, islom dinidan olgan bilimi bir mullaning bilimidan ortiq boladi. Bularning ustiga 1858 yili Nemischa-turkcha lugat (taxminan 14 ming sozli), 1860 yili esa Chigatoycha (eski ozbekcha) - nemischa lugat (taxminan 40 ming sozli) tuzib, Istanbuldagi nashriyotlarda chop ettiradi.

A. Vamberining bu ishlari O'rta Osiyoga rejalashtirayotgan sayohatining boshlangich bosqichi edi.

Tillarni organishdagi mening muvaffaqiyatlarim, deb xotirlaydi u, Sharq boylab sayohatni davom ettirishim uchun meni ruhlantirdi. Men O'rta Osiyo boylab sayohat qilishga bel boglar ekanman, afandi qiyofasini saqlab qolishni va Sharqqa shu mamlakatlarning tabiiy fuqarosi sifatida kirib borishni togri deb hisobladim.

O'z rejasini amalga oshirish maqsadida A. Vamberi 1863 yilning boshida Tehronga keladi. Eron poytaxtidagi Turkiya elchixonasi boshligi uni yaxshi qabul qiladi va O'rta Osiyoga darvish qiyofasida amalga oshiriladi sayohat rejalarini ishlab chiqa boshlaydilar. Bu reja boyicha, A. Vamberi Makkadan kelayotgan hojilar karvoni bilan O'rta Osiyoga kirib borishi lozpm edi. Armin Vamberining ism-sharifi ozgartiriladi, endi u Rashid afandi nomi bilan yashashga majbur edi. Keyinchalik karvondagilar uni Rashid hoji deb ham ataydilar.

27 mart kuni Turkiyaning Tehrondagi elchisi Rashid afandining O'rta Osiyo boylab safari oldidan katta ziyofat beradi...

1863 yilning 28 mart kuni Makkadan qaytayotganlar bilan birga kechqurun Rashid afandi darvish qiyofasida hali bizga noma'lum ming xil xayollar, ming xil rejalar bilan yurtimiz tomon kela boshlaydi.

VAMBERI O'ZBEKLAR YURTIDA

1863 yil 29 may kuni A. Vamberi qoshilib olgan karvon Xeva xonligi tuprogiga qadam qoyadi. 30 may kuni Xeva yaqinidagi qishloqda dam olishadi. A. Vamberi: 30 may kuni biz ozbek qishlogiga kirib keldik. Bu qishloq aholisi men korgan birinchi ozbeklar edi; ular juda ham ajoyib inson ekanlar, - deb yozadi daftariga (63-bet).

Xevani korgan Vamberi hayratda qoladi. Men avval Xevaning shunchalik chiroyliligini sahro bilan qiyosdan bolsa kerak, deb oylar edim. Yoq, yoq! Xevaning atrofidagi baland teraklar, soya tashlab turgan kichik hovlilar (asl nusxada ham xavli sozini ishlatadi - X. I.), kom-kok yaylovlar va tokin-sochin dalalar hozir ham, - Yevropaning goyat gozal yerlarini korganimdan keyin ham, - men uchun eng chiroyli bolib tuyulyapti (64-bet).

Amudaryoning suvi haqida biz kop rivoyat va haqiqatlarni eshitganmiz. A. Vamberining yozganlari haqiqiy dalillarga qoshilgan bir dalildir: Dunyoda bunga oxshash boshqa daryo yoq, muborak Nil daryosi ham bunday emas deyishardi. Men bolsam, bu daryo suvining totliligi suvsiz choldan chiqib, uning qirgoqlarida orom olish natijasida borttirib aytilgan gap bolsa kerak, deb oylardim. Biroq keyinchalik buning xatoligiga ishondim. Aminmanki, men bilgan daryolar ichida suvi eng shirini, bu - Amudaryo suvidir (78-bet), deb guvohlik beradi mojor sayyohi.

A. Vamberining yozishicha, Xevaning tuprogi boy, u bugdoy, sholi, ipak, paxta qogozi, sifatli qizil boyoq olinadigan royon nomli ildizi bilan shuhrat qozongan. Xevaning mevalari shunday yaxshiki, unga teng keladigan mevalarni Eron va Turkiyadangina emas, balki Yevropaning ozidan ham topib bolmaydi. Ayniqsa, Hazorasp olmalari, Xevaning nok va anorlari tengi yoq, ajabtovur qovunlari juda ham yaxshi. Uning qovunlari Pekingacha ma'lum. Aytishlaricha, Osmon saltanatining sultoni vaqti-vaqti bilan Urganch qovunlarini xushlab qolar ekan. Bu qovunlar Rossiyada ham yuqori bahoda sotiladi. Bir arava qishki qovunga bir arava shakar tolashadi (170-bet).

Yana boshqa bir kitob - O'rta Osiyo ocherklarida A. Vamberi Xeva qovunlari xususida toxtalib, ularni yuqori baholaydi: Xeva qovunlariga oxshash qovunlarni siz Osiyodagina emas, balki butun yer yuzida topolmaysiz. Ularning shirinligi togrisida yevropalik hatto tasavvur ham qilolmaydi. Ular shu darajada shirin va xushboyki, ogizda eriydi; agar ular non bilan yeyilsa, bizga tabiat in'om etgan eng yaxshi taom shu boladi (226-bet). A. Vamberi 10 ta tezpishar, 5 ta qishki qovunning navlarini sanab, ularni ta'riflaydi.

A. Vamberi ozbek paxtasiga alohida e'tibor bergan. Vamberining 125 yil avval chiqargan xulosasiga kora, O'rta Osiyo paxtasining kelajagi katta. Turkiston paxtasi hind, eron va misr paxtasidan yaxshi, koplariing fikricha, u mashhur amerika paxtasidan qolishmaydi (229-bet). A. Vamberini tashvishga solgan masala - O'rta Osiyo paxtasini faqat birgina Rossiya yildan-yilga koproq xarid qilishi. Vamberi bu masalada ham ota sinchkovlik bilan ish tutgan. U 1840-1860 yillar davomida Buxoro amirligi va Xeva xonligidan Rossiya sotib olgan paxtaning miqdori va narxi bilan qiziqqan va buning jadvalini tuzgan. A. Vamberi jadvalidan korinadiki, ozbek paxtasining Rossiyaga chiqishi 1840-1850 yillarga nisbatan 1853-1860 yillari ikki marta oshgan. Birgina Buxoro amirligadan Rossiya 1840-1850 yillari 2.065.679 funt sterlinglik paxta sotib olgan bolsa, 1853-1860 yillari 4.237.772 funt sterlinglik paxta olgan (231-bet).

Turkiston olkasining qazilma boyliklari togrisida ham A. Vamberi ancha keng va haqiqatga yaqin ma'lumotlar keltirgan. Men shunday xulosaga keldimki, deb yozadi u, Turkiston boyligi kam olkalardan emas. Uni (Turkistonni - X. I.) qum gardishli olmos, deb bejiz aytishmaydi. Kelajakda O'rta Osiyo haqiqatan ham muhim ahamiyat kasb etadi va Sharq mamlakatlari ortasida eng kozga korinarli orinni egallaydi (238-bet).

Yangi Urganchda yetishtiriladigan paxta, A. Vamberining yozishicha, eng sifatli, Hazorasp pillasidan olinadigan ipak butun Xeva xonligida eng qimmatli hisoblanadi, Gurlanda eng yaxshi sholi ostiriladi. Buxoro va Qoqonda ham shunday.

A. Vamberi Turkistonning osimlik dunyosi ta'rifiga katta e'tibor bergan. Har bir osimlikning navlarini, qanchadan hosil berishini korsatib otadi va Yevropa bilan qiyoslaydi. Buxoro bugdoyi eng sifatli sanaladi, u uzun va ingichka qizil rangli don beradi. Bu bugdoy unidan Buxoro shahrida shuhrat qozongan non yopishadi. Bu bugdoy hamma yerda shirmoy nomi bilan shuhrat qozongan. Guruch bu yerlarda juda ham mol; joxori uchala xonlikda ham kop ekiladi. Moyli ekinlardan kunjut bu yerda yaxshi osadi va kop moy beradi. Zigirdan olinadigan moy ovqatga ishlatiladi. Paxtaning chigitidan olinadigan yog ovqatga ishlatilmaydi, deb ta'kidlaydi A. Vamberi (223-bet).

Bir narsani oldindan aytib qoyishimizga togri keladi: shahar-qishloqlarimiz, xalqimiz, bizgacha barcha osimlik va hayvonot dunyosi, yurtimizning geografik va strategik mavqei haqida A. Vamberi oz asarlarida deyarli haqiqatni yozishga harakat qiladi. Uning vazifasi O'rta Osiyoning geografik, siyosiy, ijtimoiy mavqeini togri baholashdan iborat edi. Uni O'rta Osiyoga yuborganlarga shu kerak edi. U oz vazifasini a'lo darajada bajaradi. Biz uchun A. Vamberi yozib qoldirgan xalqimizning otmish hayotiga oid har bir tarixiy dalil qimmatlidir.

Buxoro dokonlarida A. Vamberi choyning 16 xilini korgan va ularning nomini oz yon daftariga tushirgan. Ularning anrimlari mana bular: qirqma, axbor, oq quyruq, qora choy, sepet choy, ishboglu, gulboy, poshun, mushuk koz, lonka (94-bet).

A. Vamberining olchovicha, osha vaqtlari Samarqand sahni jihatidan Tehronga teng bolgan, lekin uylar uzoqroq joylashgan, katta binolar esa yaxshi yerlarga qurilgan (112-bet).

A. Vamberi Qarshi shahrida faqat uch kun turgan bolsa-da, u yerdan ham kop dalillar toplagan. Qarshi qadimgi Naxshabdir, deb yozadi u, ozining mavqei va savdo ahamiyati jihatidan Buxoro amirligida ikkinchi shahar sanaladi. Agar siyosiy tos-topolon monelik qilmaganda edi Qarshi, Buxoro, Qobul va Hindiston bilan boladigan savdo-sotiqda muhim ahamiyat kasb etardi. Vamberining sanogiga kora, osha vaqtda Qarshining aholisi 25 ming, asosan ozbeklar bolgan va ular amir askarlarining asosini tashkil etgan (114-bet).

VAMBERINING YURTIMIZDAN CHIQIB KETISHI

Qarshi A. Vamberi bolgan oxirgi bizning shahrimiz edi. Bu shaharda uch kun turgach, u Amudaryoni kechib otib, Hirotga yol oladi.

1863 yil 15 noyabr kuni Hirotdan 2000 kishilik karvon bilan Mashhadga qarab jonaydi. O'n ikki kun yol yurib, 27 noyabr kuni Mashhadga yetib keladi va bu Eron shahrida birinchi qilgan ishi - Mashhad shahrining gubernatori bolib turgan ingliz polkovnigi Dolmaj qabulida boladi. Mana shu kundan boshlab Rashid afandi ozining darvish niqobini olib tashlab, yana Armin Vamberi qiyofasiga kiradi. Ingliz polkovnigi Dolmaj uni 1863 yil 25 dekabr kunigacha mehmon qiladi. Vamberining ozi iqror bolishicha, yangi yil - mavludni mehmondost polkovnik bilan otkazib, 1863 yil 26 dekabr kuni Tehronga qarab yuradi. Bu safar u karvonsiz, ozbek yoldoshi mulla Ishoq bilan otda yolga chiqadi. A. Vamberidan u toplagan O'rta Osiyoga oid dastlabki ma'lumotlar bilan tanishgan ingliz polkovnigi Vamberi va mulla Ishoqni ikki yaxshi ot va yetarli yol anjomlari va xarajat bilan ta'minlaydi.

1864 yil 20 yanvar Kuni A. Vamberi va mulla Ishoq Tehronga yetib kelishadi: Qorinishim kulgili va ayanchli bolishiga qaramay, men Turkiya elchixonasiga shoshildim. Ingliz elchixonasi esa, meni xushmuomalalik va samimiyat bilan kutib oldi, deb xotirlaydi A. Vamberi (146-147-betlar). Chindan ham, Buyuk Britaniyaning Erondagi elchisi Alison, uning ikki sekretari Tomson va Votson Vamberiga iltifot korsatishadi va Angliyaga yetib borishi bilan O'rta Osiyo xotiralarini bosib chiqarishda yordam berajaklarini bildirishadi.

Bu yerda bir narsaga e'tibor berish kerak: hech bir elchixonadagi uchrashuvda Vamberining yoldoshi mulla Ishoq ishtirok etmaydi. A. Vamberini elchilar, ingliz-harbiylari qabul qilib, unga iltifot korsatishayotganda, mulla Ishoq Makkaga olib bormoqchi bolgan oz hamrohini karvonsaroylarda kutib otirar edi.

Tehronda A. Vamberini Eronning yosh shohi Nazriddin ham qabul qiladi. Yosh Nazriddinshoh meni bogda qabul qildi, - deb eslaydi Vamberi. - U mendan (O'rta Osiyolik) hamkasblari, xonliklar haqida soradi. Men ularning siyosiy ahvoli tangligini aytdim. Yosh shoh yonida otirgan vaziriga on besh ming askar bilan biz ularning hammasini yengardik, dedi (147-bet).

A. Vamberi Tehronda ikki oy turgach, 1864 yil mart oyida Istanbulga qarab yolga tushadi. Istanbulda hamasi bolib uch soat (!) boladi, biroq shu vaqt ichida xam diplomat baron Fon-Prokash-Osten bilan uchrashadi va undan ozi toplagan ma'lumotlarni qanday ishlab chiqish haqida maslahat oladi. Istanbuldan song oz vatani Vengriya poytaxtiga otadi. O'sha vaqtlari Vengriyaning poytaxti bolgan Peshtda mulla Ishoqni dostlari qoliga topshirib, yakka ozi Londonga - uni kutib turishgan shaharga yol oladi. A. Vamberi Londonga 1864 yil 9 iyul kuni kirib keladi. Men vatanimda ham kop turolmadim, chunki Angliya qirollik geografiya jamiyatiga oz hisobotimni olib borishga shoshilayotgan edim, deya ozini oqlashga urinadi A. Vamberi (148-bet).

Vamberi O'rta Osiyoga qilgan safarining asl mohiyati togrisida safarimning asl siri, mohiyati faqat ikki kishiga ayon edi, deb yozadi, lekin kimlar bu safarning siridan voqif bolganligi haqida ogiz ochmaydi.

VAMBERINING HISOBOTI

Tarixdan ma'lumki, XIX yuz yillikning ortalari inglizlar Hindistonda oz mavqelarini mustahkamlab olgan, Afgoniston va O'rta Osiyoga intilayotgan bir davr edi. Bu yillari rus armiyasi ham Orenburgga ornashib olib, kelgusi yurishlarini Turkistonga qaratishni rejalashtirayotgan edi. Inglizlarga O'rta Osiyoning siyosiy ahvoli, geografik mavqei, aholisi, armiyasi haqida aniq ma'lumotlar havo bilan suvdek zarur edi. Ular O'rta Osiyoga yuborgan bir necha sayyohlar maqsadga erisha olmadi: qatl etildi, chollarda suvsizlikdan nobud boldi, chegaralarda ushlab qolindi. Armin Vamberi inglizlarning songgi umidi edi. U bu umidni toda oqladi. Vamberi aqlli edi, ilmli edi, ayyor edi. U har qanday qiyinchilikka jismonan chidadi, chunki yoshligi qiyinchilikda otgan edi; u oz safari davomida berilgan har qanday soroqlarga aniq, togri javob berdi, uning ilm doirasi keng edi.

A. Vamberi oz hisobotiga kirishni Londonda 1864 yil 28 sentyabrda yozib tugallagan.

A. Vamberi Xeva, Qoqon xonliklari va Buxoro amirligiga oid tola ma'lumotlar toplay oldi. Armin Vamberi oz hisobotida siyosiy jabhada bir necha yil keyin kechishi mumkin bolgan voqealarni oldindan bashorat qila oldi. Mana ayrim dalillar: I) A. Vamberi Xeva xonligiga qarashli 32 shahar va joyning Amudaryodan qancha mil uzoqqa joylashganligini aniqlab chiqqan. II) Uning aniqlashicha, Buxoro amirligining armiyasi 40 ming otliqdan iborat, kerak bolganda 60 ming otliqqacha oshishi mumkin (169-186-betlar). III) Rossiyaning O'rta Osiyo bilan aloqa qiladigan yollari: 1) Xeva - Astraxan - Orenburg; 2) Buxoro - Orenburg; 3) Toshkent - Orenburg va Qiziljar (Petropavlovsk); 4) Namangan va Oqsuv - Polat (Semipalatinsk) (201-bet).

A. Vamberi yana O'rta Osiyo xonliklari ortasidagi yollarni, ularning necha farsaxdan iborat ekanligini ham hisobotiga kiritgan.

Vamberi Angliyani O'rta Osiyoni Rossiyaga berib qoymaslikka chaqirgan, rus armiyasi O'rta Osiyoga yaqinlashib kelayotganligidan ogohlantirgan. Ayrim odamlar Londonda O'rta Osiyo bizga kerak emas, kerak bolsa ruslar olaversin, deb yurishibdi, - yozadi hisobotida A. Vamberi. - Angliyaning hind yerlariga Rossiyaning yaqinlashib kelishiga befarq qarashi mening aqlimga sigmaydi. Rossiyaning O'rta Osiyodagi xatti-harakatining muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmasa ham boladi. Lekin Rossiya faqat Buxoro bilan chegaralanadimi? Va u oz intilishlarini Amudaryo bilan chegaralaydimi? Men Rossiya Turkistonni zabt etganidan song, bir kun kelib, Afgoniston yoki Shimoliy Hindistonga qarab yurishdan ozini tiya olishini tasdiqlaydigan siyosatdon bilan uchrashishni istar edim. U hisobotini shu sozlar bilan tugallaydi: Mening kamtarona fikrim shu. Britaniya sheri rus ayigi bilan bu mamlakatlarda dushmanlik munosabatida boladimi yoki aka-ukalarcha oz oljalarini teng bolib oladilarmi - bu shunday masalaki, ozini filologik tadqiqotlarga bagishlagan bir darvish sifatida men bunga yaqinroq yondosha olmayman (221-bet). Tarix shupga aniqlik kiritdiki, bu masalaga eng yaqin yondashganlardan biri mana shu darvishning ozi bolib chiqdi. 1864 yili 10 sentyabr kuni chiqqan sonida London Deyli telegraf gazetasining Peterburgdagi muxbiri ruslar Toshkentni ishgol etganligi haqida xabar beradi. A. Vamberi osha kungi hisobotida buning togriligiga ishonib bolmaydi, biroq ruslar u yerda harakat qilayotganliklariga shubha yoq, deb yozadi (221-bet). Vamberi bu masalada ham haq bolib chiqadi. Haqiqatan ham, general Chernyaev 1864 yil 1 oktyabr kuni oz askarlari bilan shaharga yaqinlashadi va 2 oktyabr kuni Qoqon yoliga chiqib, shu tomondan shaharga hujum uyushtiradi. Lekin bu hujum natijasida, uning qomondonligidagi askarlar talafot koradi, podpolkovnik Obux oladi, podpolkovnik Lerxe yarador boladi. Bu muvaffaqiyatsiz hujum tufayli, general Chernyaev askarlaridan 18 kishi oladi (2 tasi ofitser) va 60 kishi yarador boladi (2 tasi ofitser). Bu otryad 4 oktyabr kuni Toshkentdan uzoqlashib, 7 oktyabr kuni Chimkentga qaytib boradi (bu haqda qarang: A. I. Maksheev. Istoricheskiy obzor Turkestana i nastupatelnogo dvijeniya v nego russkix. S. Peterburg. Voennaya Tipografiya v edanii Glavnogo shtaba, 199, str. 227).

Toshkentni ruslar 1865 yil 14 iyundan 15 iyunga otar kechasi qattiq hujum bilan zabt etishadi (osha kitob, 223-bet).

Bu hisobotidan song, A. Vamberi nimaga erishdi, degan savol tugiladi. Rus sovet yozuvchisi N. Tixonovning ancha yuzaki bitilgan Vamberi qissasida (Toshkent, 1963) bu savolga Vamberi tilidan shunday javob beriladi: Tortgan mashaqqatlarim, oqargan sochlarim uchun hech kim bir paqir tolamadi (shu kitob, 54-bet). Bu, albatta, haqiqatdan yiroq fikr. Keyingi yillari topilgan hujjatlar shuni korsatadiki, alohida xizmatlari evaziga Armin Vamberi, amerikalik olim H. B. Paksoyning aniqlashicha, Britaniya Tashqi ishlar idorasi tomonidan muntazam oylik, keyinchalik pensiya bilan ta'minlanib turgan (bu haqda qarang: X. V. Paksoy. O'rta Osiyoning yangi dostonlari. Sentral eyshan servey jurnali 6-tom, 1-son, 1987, 91-bet). Agar . A. Vamberi 1913 yili vafot etganligini eslasak, 49 yil davomida Britaniya mojor sayyohiga pul tolab turgan bolib chiqadi. Inglizlar bekorga pul tolamasligi barchaga ayon!

Londonda bir yil turib, A. Vamberi 1864 yilning oxirida O'rta Osiyo boylab sayohat kitobini ingliz tilida chiqaradi va Yevropaga mashhur bolib ketadi. Bir yildan song- 1865 yili Parij orqali oz vataniga qaytadi va Budapesht universitetida sharq tillaridan professor lavozimida ishlay boshlaydi.

A. Vamberi 1913 yil 15 sengyabr kuni Budapeshtda 81 yoshida vafot etgan.

VAMBERINING ASARLARI

Armin Vamberiga shuhrat keltirgan asar, sozsiz, 1864 yili Londonda ingliz tilida chiqqan O'rta Osiyo boylab sayohat kitobi hisoblanadi. Bu kitob ikki qismdan iborat bolib. 1-qismda uning O'rta Osiyoga qilgan sayohati xotiralari orin olgan, 2-qismda esa turkmanlar, Xeva, Buxoro, Qoqon, Xitoy, Turkiston tarixi, siyosiy ahvoli, geografik mavqei organilgan. Bu kitobning 23, 24 boblari Angliya uchun kerakli Vamberi chiqargan xulosalardan iborat. 23 bobda O'rta Osiyoning ichki va tashqi siyosiy aloqalari organilgan, oxirgi - 24 bob O'rta Osiyoda ruslarning inglizlar bilan raqobati. Rossiya va Angliyaning O'rta Osiyoga nisbatan tutgan orni, deb ataladi. Bu bobda A. Vamberi osha davr Angliya hukmron doiralari uchun tayyorlagan xulosalarini bayon qiladi. Bu kitob bir paytning ozida Rossiya uchun ham ahamiyatli edi. Shuning uchun bolsa kerak, u darhol rus tiliga tarjima qilinib, 1865 yili S-Peterburgda bosilib chiqadi.

Mazkur kitobni G'arbdagi ayrim mutaxassislar juda qisqalikda tanqid qilishadi. A. Vamberi bu tanqidni tan olib, 1868 yili O'rta Osiyo ocherklari kitobini nashr ettiradi. Bu kitob birinchisini toldiradi. U 17 bobdan iborat bolib, O'rta Osiyo xalqlari tarixi va osha davr hayotining turli masalalarini yoritishga bagishlangan. Unda Xeva saroyi, uch xonlikning ishlab chiqarish kuchlari, O'rta Osiyodagi turon va eron qabilalarining etnografik xususiyatlari, O'rta Osiyo adabiyoti kabi masalalar ustida toxtab otilgan. Bu kitobning O'rta Osiyo adabiyoti bobida Olloyor, Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy, Mashrab gazallarining tarjimalari, Qissai Sayfulmuluk asaridan bir parcha keltirilgan. Xususan, Alisher Navoiy haqida A. Vamberi ushbu fikrlarni bayon qiladi: Mashhur kishilar Navoiy asarlari bilan faxrlanishadi... Navoiy kam uchraydigan she'riyat dahosidir, u juda ham mahsuldor shoir bolgan. U ozidan song she'riyat, tarix, odob va maitiqqa oid 32 asar qoldirgan... Uning O'rta Osiyo turkiy shevasini uluglaganligini, yuqori darajaga kotarganligini tan olmaslik mumkin emas. (340, 341-betlar). Bu kitobi yozilgan yillargacha A. Vamberi Navoiy asarlari bilan tola tanishib chiqmaganligi seziladi. U Layli va Majnunni teskari Majnun va Layli deb ataydi. Qissai Sayfulmulukni Navoiy qalamiga mansub asar, deb hisoblaydi.

1867 yili Vamberining boshqa bir kitobi chop etiladi. Bu uning shu kunlargacha oz qadrini yoqotmagan Chigatoy tilidan qollanma asaridir. Bu kitob nemis tilida Leyptsig shahrida bosilib chiqadi. Asar uch qismdan - ilmiy tadqiqot, matnlar va lugat qismlaridan iborat. Qitobning birinchi qismida tilning grammatik qurilishiga oid ma'lumotlar, 2-qismida Tohir va Zuhra, Yusuf va Ahmad, Huriliqo va Hamro kabi asarlar keltiriladi. A. Vamberi bundan tashqari 112 ozbek xalq maqolini ozbek tilida keltirib (arab va lotin yozuvlarida), nemis tilidagi tarjimasini ham beradi. Olloyor, Nasimiy, Navoiy, Fuzuliy gazallaridan namunalar ham bu kitobdan orin olgan.

Vamberining ilmiy jihatdan katta ahamiyatga molik asarlaridan biri - uning 1873 yili yozilgan Buxoro yoki Transaksoniya tarixi kitobidir. Muallif Movarounnahr (ikki daryo oraligi)ni Transaksoniya atamasi bilan beradi. Bu kitobida u Buxoroning eng qadimgi davrlaridan to XIX asr ikkinchi yarmngacha bolgan tarixini e'lon qilingan va e'lon qilinmagan, ozi O'rta Osiyodan olib ketgan qolyozmalar asosida bayon qiladn. Uning kitobi ikki qismdan tashkil topgan: Qadimgi yoki Movarounnahr tarixi va Yangi yoki Buxoro amnrligi tarixi.

Vamberining barcha asarlari bilan tanishib chiqqan kishi uning bir xususiyatiga e'tibor bermasdan qolmaydi: U oldingi asarlarida yol qoygan xatolarini keyingi kitoblarida e'tirof etib, ularni togrilashga harakat qiladi. Bir qancha G'arb olimlari orta asr ozbek tilini chigatoy tili atamasi bilan nomlab keladilar. Vamberi ham ozining Chigatoy tili qollanmasi kitobida xuddi shu yoldan borgan. Buxoro yoki Transaksoniya tarixi kitobida bu xatosini tuzatishga harakat qilib yozadi: Kopgina Yevropa olimlarining, ularga men ham ozimning Chigatoy tilidan qollanma asarimda qoshilgan edim, fikrlari ikki karra xatodir... Birinchidan, O'rta Osiyo aholisi hech vaqt oz yurtini ham, oz tilini ham chigatoy deb atamagan. Bu nom Amudaryoning u tomoni -Eronda forslar tomonidan qollanilgan. Bu olkaning aholisi oz yurtini Turkiston, oz tilini turkiy til, deb atab kelgan. Ikkinchidan, Chigatoy musulmonlar tomonidan nimaga erishgan bolsa erishgan, lekin muhabbatga, hurmatga erishmagan (Buxoro yoki Transaksoniya tarixi, 158-bet).

Vamberi bu kitobida Temur tuzuklari haqida ham qiziq ma'lumot beradi: Ingliz mayori Devi Yevropaga Hindistondan olib kelgan Tuzuki Temur 457 sahifadan iborat bolib, uning sakkizdan bir qismi fors tilida edi. Chigatoy tilida yozilgan asl nusxa Yaman gubernatori Ja'far kutubxonasidan topilgan. U avval fors tiliga, songra 1830 yili mayor K. Styuart tomonidan ingliz tiliga ogirilga (183-bet).

A. Vamberi Amir Temurga shunday ta'rif beradi: Hirot va Halab olimlari bilan bahsga kirishib, oziga oxshab fikrlamaganlarini mukofotlagan odamni qahri qattiq va yovvoyi deyish mumkinmi! Bursadan Samarqandga yuk hayvonlariga butun boshli bir kutubxonani ortib, kochirib keltirgan kishini qahri qattiq va yovvoyi deyish mumkinmi! Shuning uchun ham Temurni Chingiz bilan teng qoyuvchilar ikki karra xato qiladilar (219-bet). Vamberining korsatishicha, Temur saroyida xorijiy olim va rassomlari kop bolishgan, biroq mamlakatning rasmiy tili doimo turkiy bolib qolgan. Temurning ozi ravon va ta'sirli turkiy tilda yozgan Tuzuklari buni isbotlaydi.

Vamberi kitobida Ulugbekni uluglaydi, unga togri, xolis baho beradi: Ulugbek G'arb dunyosida bir necha asr keyin ham nomi hurmat bilan tilga olinadigan yagona temuriylar sulolasidan edi... U hukm surgan davr temuriylarning oltin davri sanaladi.

Temuriy sulolasi haqida fikrlarini A. Vamberi Boburga bergan bahosi bilan yakunlaydi: Bobur Mirzo oz asarida (Boburnoma - X. I.) bizning koz ongimizda ham shoir, ham siyosatdon, ham faylasuf shaklida gavdalanadi. Turkiy va forsiy xalqlarning adabiyotida ozida shunchalik foydali fikrlarni oddiy, ravon tilda bayon qilgan bironta boshqa bunga oxshash kitob yoq.

QO'NG'IROTLIK MULLA ISHOQ, QAYDASIZ?

Vamberining O'rta Osiyo boylab sayohat kitobidan ma'lumki, u Xevaning Muhammadamin madrasasida asli Qongirotdan bolgan mulla Ishoqni uchratib qoladi. Mulla Ishoq Makkaga borishni orzu qilib yurgan. Vamberi bilan tanishgach, u ham Makkaga boradi, deb oylab unga hamroh bolgan. Xevadan song Buxoro, Samarqand va Qarshida birga bolishib, A. Vamberi mulla Ishoq va yana noma'lum ikki hoji bilan Hirot tomon ketishadi. Mulla Ishoq safar chogida haqiqiy dostlik namunasini korsatadi. Vamberining tan olib yozishicha, uni hamma tark etgan, boshqa hamrohlarining bari tashlab ketgan, lekin butun safar chogida birgina mulla Ishoq uni yolgiz qoldirmagan. Buning ustiga, u har vaqt yoshi ulug bolgan Rashid Afandi - Vamberi bilan bir kosada ovqat yemagan, Vamberi ovqatdan olib bermaguncha unga qol tegizmagan, u bilan bir qatorda, yonma-yon, teng turishni ham odobdan deb bilmagan. U eng halol, ochiqkongil inson edi, uning garazdan yiroq, sof munosabati xavf-xatarga tola yolgiz yolimda menga dalda va suyanchiq boldi, deb eslaydi sayyoh.

Mulla Ishoqning taqdiri bilan tanishgach, nima sababdan Vamberi uni Yevropaga ozi bilan olib ketgan, degan savol tugiladi. Bu savolga O'rta Osiyo ocherklari kitobida A. Vamberining ozi javob beradi: Bilimga intilish va menga yaqinligi yosh mulladan, chindan ham, biror arzirli kishi chiqishini his etganimda soig, osha zahoti men uni tashlab ketmaslikka va iloji bolsa, ozim bilan Yevropaga olib ketishga qaror qildim. Men bu qarorga Hirotga yetmasimizdan ancha oldin kelgan edim. Men birinchi tanishganimdayoq uning qalbi sofligini sezgandim, bu masalada men hech qachon adashmaganman (143-, 145-betlar).

Istanbulga yetib kelishganda, A. Vamberi mulla Ishoq qoliga pul berib, Makkaga boriladigan yolni korsatadi, lekin mulla Ishoq undan ozini tanho qoldirmaslikni, Farangistonni (Yevropani- X. I.) bir korib, yana Istanbulga qaytajagini iltimos qiladi. Shundan song Vamberi mulla Ishoqni Vengriyaga birga olib ketib, u yerda dostlari qoliga topshiradi va ozi Londonga qarab yol oladi.

A. Vamberining dosti mulla Ishoqni qishloqdagi bir uyga joylashtiradi, Vamberi esa Londondan bir yildan song qaytadi. Bu vaqt ichida mulla Ishoqning taqdiri nima kechdi, deb oylash mumkin. Bu haqda A. Vamberi ushbu ma'lumotni beradi: Bir yildan song Angliyadan qaytib kelsam, qaysi koz bilan korayki, mullam venger libosida, sallaning ornida songgi modadagi prichyoska. Venger tilini tez organib olgan. Mening mullamni hamma yoqtirib qolgan. Bir safar uni bashang kiyingan, qollarida qolqop, qaysidir xonim bilan berilib suhbatlashib turganini birinchi bor korib, rosti, kulishga holim qolmadi. Ikki yil avvalgi Xeva madrasasi mullasining hozirgi bashang korinishini qarang (150-bet).

Mulla Ishoq haqiqatan ham venger tilida oqish va yozishni yaxshi ozlashtirib olganidan song, uni D. Vamberining dostlari Vengriya Fanlar akademiyasi kutubxoiasining Sharq qolyozmalari bolimiga ishga joylashtirib qoyadilar. Mulla Ishoq keyinchalik venger tilidan ozbek tiliga ayrim asarlarni tarjima qilgan. Venger yozuvchisi Yanosh Arenning Ajoyib ohu haqida afsona dostonining mulla Ishoq qilgan ozbekcha tarjimasini mojor olimi G. Kara nashr ettirgan. Mulla Ishoq venger olimlariga ozbek tili, O'rta Osiyo tarixi boyicha asar yozishlarida yordam bergan, ular faktik dalillarni mulla Ishoqdan olishgan.

Bu tarixiy voqeaning achinarli tomoni shuki, mulla Ishoqning songgi hayoti, qilgan ishlari xususida materiallar hali topilganicha yoq.

Vengriyalik kinorejissyor, Vamberining muxlisi Jozef Kish A. Vamberi bilan mulla Ishoqning birga tushishgan rasmini topishga muvaffaq boldi. Bu rasm qaysi shaharda - Tehrondami, Istanbuldami yoki Peshtdami olinganligi noma'lum. Mulla Ishoq oz ustozi oldida odob saqlab tik turibdi, A. Vamberi sharqona otiribdi.

Armin Vamberi va uning hamrohi mulla Ishoq haqidagi tarix mana shulardan iborat.

Biz Armin Vamberiga baho berayotganimizda, uning darvishligini borttirib korsatib, sayohatining faqat sarguzasht tomonlariga e'tibor beribgina qolmasdan, darvish kiyimini kiyishga uni qanday sharoit va kim majbur qilganligini ham e'tibordan soqit etmasligimiz lozim.

Xayrulla Ismatullayev



Fitna sanati (2-kitob, Fan nashriyoti, Toshkent, 1993) kitobidan olindi.

, , .
]